/
/
Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi
16.07.2024

Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

Tailand hukumati Oʻzbekiston fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish tizimini joriy qildi. Oʻzbekiston fuqarolari 15-iyulga qadar aeroportga kelganlarida 60 dollar evaziga 15 kunlik turistik viza olishi kerak edi.

Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

15-iyuldan boshlab Oʻzbekiston va yana 92 ​​davlat fuqarolari Tailandga 60 kungacha vizasiz kirishlari mumkin boʻldi.

Bu qaror Tailand hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotini ragʻbatlantirish maqsadida bir tomonlama qabul qilingan. Biroq kelajakda vizasiz kirish tartibi bekor qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, ayni paytda Tailand va Oʻzbekiston oʻrtasida oʻzaro vizasiz rejim toʻgʻrisida hukumatlararo bitim tuzish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Avval turizm vizasi narxi 60 dollar edi.