/
/
Tamayev va Real Sanjik poyga oʻynashga kelishib oldi
26.08.2024

Tamayev va Real Sanjik poyga oʻynashga kelishib oldi

Oʻzbekistonlik bloger Nissan GT-R avtomashinasida, rossiyalik esa BMW M5 da harakatlanadi.

Tamayev va Real Sanjik poyga oʻynashga kelishib oldi

Rossiyalik bloger Asxab Tamayev Instagramʼda oʻzbekistonlik bloger Real Sanjik bilan qoʻshma videoni eʼlon qildi.

Ular poyga haqida kelishib olgan. Real Sanjik Rossiyaga Ferrari sport avtomobili va Mercedes-Benz G63 yoʻltanlamasini olib kelgan.

“Men BMW M5 ni mashina deb bilmayman. Undan bemalol oʻtib ketaman va yoʻl-yoʻlakay senga salom yoʻllayman”, — deydi Sanjar Karimov.

Tamayev, oʻz navbatida, musobaqada gʻolib chiqishiga shubha qilmasligini aytdi. “Bilaman, sening mashinang sen aytgandek tez yurmaydi”, degan Real Sanjik Tamayevning BMW M5 avtomobili haqida.

Blogerlar poyga sanasini tez orada eʼlon qilishga vaʼda berdi. Bu voqea, ehtimol, Moskvada boʻlib oʻtadi. Foydalanuvchilar bu poyga natijasi oldindan kelishilganini taxmin qilmoqda.