РУ
O’Z
UZS
/
/
Ta’mirsiz ijaradagi kvartirani qanday o‘zgartirish mumkin? 10 ta misol
12.07.2024

Ta’mirsiz ijaradagi kvartirani qanday o‘zgartirish mumkin? 10 ta misol

Ta’mirsiz ijaradagi kvartirani qanday o‘zgartirish mumkin? 10 ta misol

Uzoq vaqt ijaraga kvartira qidirdingiz va yaxshi variantni topganga o‘xshaysiz: ideal joy, maqbul narx, lekin faqat uy eski davrda ta’mirlangan, devorga yopishtirilgan gulqog‘ozlar esa ko‘chib ketish arafasida. Xafa bo‘lmang, bunday xonani ham tartibga keltirish mumkin. Agar uy egasi haligacha ta’mirlashga rozilik bermagan bo‘lsa va siz uyni tartibga keltirmoqchi bo‘lsangiz, unda ushbu layfxaklardan foydalanishni va ijaraga olingan kvartirani o‘zgartirishni taklif qilamiz.

Hasharlik tashkil etish

Yaqin do‘stlaringizni chaqiring va ijaraga olingan xonani umumiy tozalashdan o‘tkazing. Derazalar, pollar va oynalarni yuving, tokchalarni chang va sobiq ijarachilarning DNK bo‘laklaridan tozalang.

Hidlardan xalos bo‘lamiz

Agar kvartira yangi bo‘lmasa, u avvalgi ijarachilarning hidini saqlab qolgan bo‘lishi mumkin. Agar siz mog‘or va zax hidini sezgan bo‘lsangiz, vaziyatni imkon qadar tezroq to‘g‘rilashingiz kerak. Xonani shamollatish, havo tozalagichlar, aromadiffuzorlardan va “aroma” qo‘shimchasi bo‘lgan vositalar yordamga keladi.

O‘z ta’bimizga ko‘ra mebellar joyini almashtiramiz

Mebelni ko‘chirish va aksessuarlarning joylashuvini o‘zgartirishdan qo‘rqmang. Asosiysi — tartibli bo‘lish va joyini o‘zgartirish jarayonida hech narsaga zarar yetkazmaslik. Masalan, siz karavotning ko‘zgu qarshisidagi holatini yoqtirmayapsiz yoki mebellarni fenshuy bo‘yicha joylashtirmoqchisiz. Ko‘nglingiz tusaganini qiling!

Yangi pardalar sotib olamiz

Yangi mato xonani “yangilaydi”, kayfiyatingizni ko‘taradi va siz ularni har doim o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin.

Rasm ekspozitsiyasini o‘zgartiramiz

Agar sizga ijaraga olingan kvartira devorlarida osig‘liq turgan rasmlar yoqmasa yoki ularni butunlay olib tashlashni xohlasangiz (minimalizm), buni darhol amalga oshirishni taklif qilamiz. Ammo avval buni uy egasi bilan kelishib oling — ba’zi rasmlar antikvar bo‘lishi va alohida e’tibor talab qilishi mumkin.

Begona buyumlarni yig‘ishtiramiz

Agar siz ijaraga olgan kvartirada omborxona, boloxona yoki balkon bo‘lsa —tabriklaymiz, chunki bular uy egalarining buyumlari, shuningdek, sobiq ijarachilarning unutilgan mol-mulki uchun ajoyib joylardir. Ularni katta karton qutilarga joylab, skotch bilan yelimlang va saqlash uchun topshiring.

Xatolarni tuzatamiz

Agar sizga devordagi gulqog‘ozlar, eskirgan yoki boshqa kamchiliklar yoqmasa, bu muammoni ta’mirlamasdan ham hal qilish mumkin. Siz buni posterlar, rasmlar yoki kitoblar/jurnallar to‘plami yordamida yopishingiz mumkin. Yoki “gazetali” devor ko‘rinishiga keltiring.

Sanuzelni modernizatsiya qilamiz

Ko‘pincha ijaraga olingan xonadagi eng muammoli xona vanna yoki hojatxona bo‘ladi, lekin bu yerda ham nimanidir o‘zgartirish mumkin. Masalan, dush uchun choyshab, parda yoki gilamchani almashtirish, shuningdek, aksessuarlarni qo‘shish. Tokchalar, qo‘shimcha yoritgichlar va sochiq ilgaklari kabi detallarni xarid qiling.

Chiroqlarni ko‘paytiramiz

Agar ijarachi yorug‘likni tejashga qaror qilgan bo‘lsa va xonangizda faqat bitta chiroq bo‘lsa, xonalardagi dimiqtiradigan muhitdan ajablanmang. Ammo har doim yechim bor: arzon stol chiroqlari sotib oling, derazalarga yoki mebellarga atrofiga rangli chiroqlar yopishtirib chiqing.

Xarid qilishdan qo‘rqmang

Agar kvartirada changyutgich, mikroto‘lqinli pech yoki dazmol kabi eng zarur narsalar bo‘lmasa, ijara hisobiga texnika sotib olish haqida uy egasi bilan gaplashing. Uni bu nafaqat sizga, balki bo‘lajak ijarachilarga ham kerak bo‘lishiga ishontirishga urining. Bundan tashqari, “qadoqlangan” kvartirani har doim qimmatroq narxga ijaraga berish mumkin.