РУ
O’Z
UZS
/
/
Taras Shevchenkodagi gastronomik koʻcha ochilishi 1-oktyabrga qoldirildi
17.09.2024

Taras Shevchenkodagi gastronomik koʻcha ochilishi 1-oktyabrga qoldirildi

Taras Shevchenkodagi gastronomik koʻcha ochilishi 1-oktyabrga qoldirildi

Bunga granit tosh yotqizilishi, yozgi terrasalar qurilishidagi kechikishlar hamda velosiped yoʻlagidan voz kechish kabilar sabab boʻlgan.

Toshkent shahrining Taras Shevchenko koʻchasidagi gastronomik koʻchaning ochilishi 1-oktabrga qoldirildi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi xabar berdi.

Kechikish sababi qurilish jarayonida kiritilgan oʻzgartirishlar boʻlib, ular qoʻshimcha vaqt talab qiladi. Xususan, koʻcha boʻylab velosiped yoʻlagidan voz kechish hisobiga piyodalar uchun hududni kengaytirish, velosipedchilar esa qatnov qismida harakatlanishi rejalashtirilgan.

“Birinchi bosqichda gastronomik koʻcha test rejimida ishlaydi. Kelgusida Taras Shevchenko koʻchasi transport harakati uchun yopilib, piyodalar harakatlanishi mumkin boʻladi”, — deyiladi tuman hokimligida.

Bundan tashqari, ayrim tadbirkorlar yozgi terrasalarni yaratishda kechikishlarga duch kelishdi. Ularni oʻrnatish biznes hisobidan amalga oshirilmoqda, biroq Mirobod hokimligi “Aloqabank” orqali kredit ajratishga vaʼda bergan.