РУ
O’Z
UZS
/
/
Taras Shevchenkodagi gastronomik koʻcha ochilishi 10-oktyabrga qoldirildi
04.10.2024

Taras Shevchenkodagi gastronomik koʻcha ochilishi 10-oktyabrga qoldirildi

Taras Shevchenkodagi gastronomik koʻcha ochilishi 10-oktyabrga qoldirildi

Mirobod tumani hokimligi kechikishni manzarali daraxtlar ekilishi bilan izohladi. Keyin gastronomik koʻchani barpo etishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Taras Shevchenko koʻchasidagi gastronomik alleyani barpo etish boʻyicha ishlarning birinchi bosqichini yakunlash muddati 10-oktyabrga koʻchirildi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda mazkur loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha ishlar koʻlami yakuniy bosqichga oʻtgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda hududda koʻkalamzorlashtirish, yaʼni yashil zonalarni barpo etish boʻyicha ishlar jadal davom etmoqda — alleya boʻylab 30 tupga yaqin manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

“Shu munosabat bilan Taras Shevchenko koʻchasidagi gastronomik alleyani barpo etish boʻyicha birinchi bosqich ishlari 10-oktabr sanasida yakunlanishini va shu sanadan ikkinchi bosqich ishlariga start berilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Gastronomik koʻcha boʻylab 6 ta foto-zona barpo etilgan, 39 ta kichik va 17 ta katta torsherlar oʻrnatilgan, 1 ta avtobus bekati qurilgan, 39 ta videokuzatuv kameralari va yuzni tanish tizimlari, 20 ta oʻrindiq va axlat qutilari oʻrnatilgan hamda Wi-Fi tarqatish tizimlari montaj qilingan.

Shuningdek, aholi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida qariyb 3000 kvadrat metr piyodalar yoʻli barpo etilib, qatnov yoʻlining asosiy qismi (2600 kvadrat metr) esa tabiiy granit toshdan terilgan.