/
/
Tashkent City Mallʼda avtomatik avtoturargoh tizimi oʻrnatildi
10.09.2024

Tashkent City Mallʼda avtomatik avtoturargoh tizimi oʻrnatildi

Savdo markazi maʼmuriyati bepul avtoturargoh aksiyasi yakunlanganini va hozirda cheklar asosida ushbu taklif amal qilmasligini ham maʼlum qildi.

Tashkent City Mallʼda avtomatik avtoturargoh tizimi oʻrnatildi

Tashkent City Mall koʻngilochar savdo markazida avtomatik avtoturargoh tizimi oʻrnatildi.

Parkovka narxlari:

  • birinchi tashrif uchun 4 soat bepul (ushbu taklif sutkasiga bir marta amal qiladi, qayta kirganda esa toʻlov 1-daqiqadan boshlanadi);
  • keyingi soatlarning narxi — har bir soat uchun 10 000 soʻm.

Tashkent City Mall savdo markazi maʼmuriyati 200 000 va 400 000 soʻmdan koʻproq xaridlarni amalga oshirgan mehmonlar uchun bepul avtoturargoh aksiyasi yakunlanganini va hozirda cheklar asosida ushbu taklif amal qilmasligini ham maʼlum qildi.