Tashkent Modernism sayyohlik ilovasi ishga tushdi
Yangi ilova Toshkent modernizmining 21 ta inshootini yagona onlayn marshrutga birlashtiradi. Ana shunday maskanlardan biri Toshkent markazi, “Oʻzbekiston” mehmonxonasi orqasida joylashgan sobiq Respublika Sayyohlar uyi binosidir.
Tashkent Modernism sayyohlik ilovasi Toshkent modernizmining 21 inshootini yagona onlayn marshrutga birlashtirdi.
Ana shunday maskanlardan biri Toshkent markazi, “Oʻzbekiston” mehmonxonasi orqasida joylashgan sobiq Respublika Sayyohlar uyi binosidir.
1986-yilda meʼmor Vladimir Narubanskiy loyihasi asosida bunyod etilgan inshoot dastlab xorijlik sayyohlarni Oʻzbekiston madaniyati bilan tanishtirishga xizmat qilgan.
Majmua suzish havzasi va sopolli haykalga ega hovli bilan bogʻlangan jamoat va maʼmuriy hududlar hamda 600 oʻrinli uzun yassi auditoriyadan iborat boʻlgan.
1980-yillar oxiridagi ijtimoiy talotoʻplar bois Turistlar uyi oʻzining dastlabki funksiyasini yoʻqotib, uning maʼmuriyati festival va arthouse filmlarini namoyish etishga qayta ixtisoslashadi.
Hozirda bino qayta taʼmirlash holatida boʻlib, soʻngra u yerda Fransiya madaniyat markazi va Madaniy meros obyektlarini tiklash markazi ochiladi. Jamoat joylari, shu jumladan, foye va teatr oʻzining asl qiyofasini saqlab qoladi, koʻkalamzorlashtirilgan yashil hududli tomda esa tadbirlarni oʻtkazish uchun yangi pavilion paydo boʻladi.