/
/
“Ted Lasso” serialining 4-mavsumi ham chiqarilishi mumkin
26.08.2024

“Ted Lasso” serialining 4-mavsumi ham chiqarilishi mumkin

Warner Bros. Studio “Ted Lasso” aktyorlari Xanna Uoddingem, Brett Goldshteyn va Jeremi Svift bilan shartnomalarni yangiladi. Taxminlarga koʻra, Jeyson Sudeikis shouning davomida ijrochi prodyuser sifatida ishtirok etadi. Warner Bros. TV hozircha matbuotga rasmiy izoh bermagan.

“Ted Lasso” serialining 4-mavsumi ham chiqarilishi mumkin

Oʻtgan yili efirga uzatilgan 3-mavsum finalidan beri “Ted Lasso”ning davomi haqida muzokaralar boʻlgan. Yanvar oyida Warner Bros. TV bosh direktori Chenning Danji Variyetyʼga serialni davom ettirish imkoniyati haqida ishora qilgan.

“Ted Lasso” Angliyada professional futbol jamoasiga murabbiylik qilish uchun yollangan Kanzas futbol murabbiyi (Jeyson Sudeikis) haqida. Serialda, shuningdek, Uoddingem, Goldshteyn, Svift, Brendan Xant, Juno Templ va Fil Danster ham suratga tushgan.

“Siz 3-mavsum finalini koʻrdingiz, agar kerak boʻlsa, yana ochilishi mumkin boʻlgan kichik eshik bor”, — degandi Danji. “Men hozircha bu taklifga chek qoʻymagan boʻlardim. “Ted Lasso”ga boʻlgan muhabbat hali ham tirik. Oʻylaymanki, Apple kompaniyasining seriallarga boʻlgan ishtiyoqi hali ham bor”.