РУ
O’Z
UZS
/
/
Telegram foydalanuvchisi dodopizza yuzerneymini 6,5 mlrd soʻmga sotdi
13.07.2024

Telegram foydalanuvchisi dodopizza yuzerneymini 6,5 mlrd soʻmga sotdi

Telegram foydalanuvchisi dodopizza yuzerneymini 6,5 mlrd soʻmga sotdi

Fragment auksionida Telegram messenjeridagi @dodopizza yuzerneymi 70 ming TON (6,53 milliard soʻm)ga sotildi. Uni kim sotib olgani nomaʼlumligicha qolmoqda.

Sotuvchining soʻzlariga koʻra, u @dodopizza foydalanuvchi nomini oʻtgan yil 1865 TON (170 million soʻm)ga sotib olgan. U yuzerneymning yangi egasi uni nima maqsadda ishlatishini bexabar ekanini aytmoqda.

Avvalroq Dodo Pizza franshizasi 2022-yil Fragment portalida kompaniya nomi bilan atalgan foydalanuvchi nomi sotib yuborilgani uchun Telegram ustidan Komi Respublikasi arbitraj sudiga murojaat qilgandi. Kompaniya messenjerni raqobat qoidalarini buzishda ayblagan.

Dodo Pizza advokatlari, oʻz navbatida, dastlab Telegramn messenjerining qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilinganini, biroq rasmiy shaxslardan hech kim soʻrovga javob qaytarmaganini aytgan. Bu xatti-harakatdan soʻng kompaniya sudga murojaat qilishga qaror qilgan.

Ammo hozirgacha kompaniya va messenjer oʻrtasidagi sud haqida biror maʼlumot mavjud emas. @dodopizza yuzerneymi ostida ochilgan kanalda hozirda 6 mingdan ortiq obunachi mavjud. Kanal havolasida, shuningdek, @pizzadodo va @dodocoin foydalanuvchi nomlari ham keltirib oʻtilgan.