Telegram reklamalarida rasm va video qoʻshish funksiyasi paydo boʻldi
Platformadagi reklama postlariga JPEG va PNG formatidagi rasmlarni yoki davomiyligi 3 soniyadan 60 soniyagacha boʻlgan MP4 formatidagi videolarni qoʻshish mumkin.
Telegram Ads xizmati reklama xabarlarida grafik va video fayllarni qoʻllab-quvvatlashni qoʻshdi. Bunga “vc.ru” nashri eʼtibor qaratdi.
Platformadagi homiylik postlariga JPEG va PNG formatidagi tasvirlarni yoki davomiyligi 3 soniyadan 60 soniyagacha boʻlgan MP4 formatidagi videolarni qoʻshish mumkin. Rasm uchun maksimal fayl hajmi 5 MB, video esa 20 MB.
“Telegram Info” kanaliga koʻra, bannerlar yoki videolar bilan reklama kampaniyalarini boshlash uchun minimal budjet 20 ming yevroni tashkil qiladi. Ikkala formatdan foydalanganda kamida 30 ming yevro budjet talab qilinadi.
Tasvirli reklamalarni tematik toifalar boʻyicha auditoriyaga yoʻnaltirish uchun belgilash 50 foiz, videolar uchun — 70 foiz boʻladi. Eʼlonda 160 belgigacha boʻlgan matn va sarlavha boʻlishi kerak.