верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Telegramʼdan bir oyda qariyb 1 milliard kishi foydalanmoqda
23.07.2024

Telegramʼdan bir oyda qariyb 1 milliard kishi foydalanmoqda

Telegramʼdan bir oyda qariyb 1 milliard kishi foydalanmoqda

Telegram messenjeridan oyiga 950 million kishi faol foydalanmoqda. Pavel Durov avvalroq Oʻzbekistonda 37 million aholining 70 foizdan ortigʻi Telegramʼdan foydalanishini maʼlum qilgandi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Telegram messenjeridan oyiga 950 million kishi faol foydalanmoqda. Bu haqda tarmoq asoschisi Pavel Durov oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, bahorda 900 million kishi messenjerdan faol foydalangani qayd etilgan.

“Bir milliard sari qadam bosyapmiz!” — deb yozgan Durov.

Messenjer asoschisi Oʻzbekistonda 37 million aholining 70 foizdan ortigʻi Telegramʼdan foydalanishini maʼlum qilgandi. Aholining butun iqtisodiyoti platforma bilan bogʻlangan.

Durov, shuningdek, jadal rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, Sharqiy Oʻzbekistonning togʻli landshaftlari, Buxoro va Samarqandning boy tarixidan lol qolganini taʼkidladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.