Temiryoʻl kassalarida chipta sotib boʻlish boʻyicha qulaylik yaratildi
Endi termiryoʻl kassalarida chiptalarni avtomatlashtirilgan terminal orqali sotib olish mumkin boʻladi.
Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzali kassasida chipta sotish uchun maxsus avtomatlashtirilgan terminal oʻrnatildi. U hozircha test rejimida ishlamoqda, deya xabar beradi “Oʻztemiryoʻlovchi” axborot xizmati.
Mazkur terminaldan chipta rasmiylashtirishda, kerakli yoʻnalish, vagon va oʻrindiqni tanlash kerak. Soʻng shaxsiy maʼlumotlarni kiritib, toʻlov kartalari orqali chiptani xarid qilish yakunlash mumkin.
Mazkur terminaldan yoʻlovchi poyezdlar jadvali haqida maʼlumot olish ham mumkin. U hozirda faqatgina Toshkent-Markaziy vokzalida test tartibida ishlamoqda. Taʼkidlanishicha, yaqin kunlarda uni Respublikaning qolgan barcha temiryoʻl vokzallariga oʻrnatish rejalashtirilgan.