РУ
O’Z
UZS
/
/
Termiz hayvonot bogʻiga noyob turdagi timsohlar olib kelindi
17.09.2024

Termiz hayvonot bogʻiga noyob turdagi timsohlar olib kelindi

Termiz hayvonot bogʻiga noyob turdagi timsohlar olib kelindi

Hayvonot bogʻiga joriy yilning iyun oyida Toshkent hayvonot bogʻidan noyob turdagi Nil timsohlari keltirilgandi. Ikki oy davomida ular nazoratga olinib, endilikda tomoshabinlarning zavq-shavq olishlari uchun koʻrgazma pavilyoniga qoʻyilgan.

Nil timsohi Afrikaning chuchuk suvli joylarida yashaydigan yirik timsoh boʻlib, dunyoning 26 ta mamlakatida uchraydi. Nil timsohlarining uzunligi 2.94 sm dan 4.4 sm gacha, ogʻirligi esa 225-415 kg gacha boʻladi.

U tuzli suv timsohidan keyin dunyodagi ikkinchi eng katta sudraluvchi hisobladi. Termiz hayvonot bogʻiga iyun oyida keltirilgan 4 bosh timsoh dastlab maxsus koʻriklardan oʻtkazildi.

Hayvonot bogʻi maʼmuriyatining maʼlumotiga koʻra hayvonlar 2 oylik karantindan soʻng moslashish davrini oʻtab boʻlgan. Endi ularni aholi tomosha qilishi uchun hayvonot bogʻining sudralib yuruvchilar qatoridan maxsus joy ajratildi. Timsoh qalin, ogʻir zirhli teriga ega. Ozuqalari asosan baliq va mayda sudraluvchilar.

Boshqa timsohlar singari, Nil timsohlari ham barcha hayvonlar orasida noyob boʻlgan kuchli va oʻtkir tishlarga ega. U baʼzan Afrika timsohi, Efiopiya timsoh, oddiy timsoh yoki qora timsoh deb ham ataladi.

Yangi jonivorlar hayvonot bogʻiga allaqachon anchagina oʻrganib qolishgan. Keltirilganiga 2 oy boʻlishiga qaramasdan yaxshi eʼtibor qaratilayotgani bois juda tez oʻsib rivpjlanmoqda. Hayvonot bogʻida ularni yaxshi parvarishlab, nasl olish maqsad qilingan.