Tez orada Toshkent metrosining beshta bekati ikkinchi vestibyulini ochadi
Ikkinchi vestibyuli ishlamagan stansiyalar bundan 30-40 yil avval foydalanishga topshirilgan, biroq ularning qurilishini tugallanishi boʻyicha ishlar hali yakuniga yetmagan.
Metropolitenda beshta bekatning ikkinchi vestibyulini ochish ishlari boshlandi: “Milliy bogʻ”, “Mashinasozlar”, “Oʻzbekiston”, “Gʻafur Gʻulom” va “Yunus Rajabiy”. Ular ustidagi ishlar deyarli 30-40 yil davomida tugallanmagan edi.
Metropolitenda deyarli 30-40 yildan buyon tugallanmagan beshta “Miliy bogʻ”, “Mashinasozlar”, “Oʻzbekiston”, “Gʻafur Gʻulom” va “Yunus Rajabiy” stansiyalarining ikkinchi vestibyullarini ochish ishlari boshlandi, deb xabar beradi “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi.
Ikkinchi vestibyul ishlamagan stansiyalar bundan 30-40 yil avval (2001-yilda ochilgan “Yunus Rajabiy”dan tashqari) foydalanishga topshirilgan, biroq ularning qurilishini tugallanishi boʻyicha ishlar hali yakuniga yetmagan.
2023-yilda metropolitenda yoʻlovchilar oqimi ortishi munosabati bilan metropoliten ushbu chiqishlarni foydalanishga topshirish tashabbusini ilgari surgandi. Oʻzbekiston hukumati ushbu tadbirlarni oʻtkazishga ruxsat bergan.
Toshkent metropoliteni 2021-yil bir kunda 280-300 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan boʻlsa, 2024-yilda bu koʻrsatkich 920-930 mingni tashkil etmoqda. Shuningdek, 2024-yil yakuniga qadar metrodan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda.