Tom Hardi Gay Richining yangi serialida bosh rolni ijro etadi
“Venom” filmi yulduzi Tom Hardi rejissyor Gay Richi bilan “Yordamchi” serialini suratga olishda qayta hamkorlik qiladi, deya xabar bermoqda Deadline.
Dastlab, loyiha “Rey Donovan” (2013-2020) jinoyat dramasining spin-offi boʻlishi moʻljallangan edi, biroq keyinchalik Richi bu rejalardan voz kechdi.
“Yordamchi”ga Helen Mirren va Pirs Brosnan ham qoʻshildi. Syujet nufuzli yevropalik mijozlarining jinoiy ishlarini tashkil etish bilan shugʻullanuvchi londonlik gangsterlar oilasi haqida hikoya qiladi.
Ssenariy muallifi Ronan Bennett (“Boshliq” serialining muallifi) hisoblanadi. Serial bu yil Paramount+ strim-servisida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Birinchi mavsumda oʻnta qism suratga olinadi.
Hardi ilgari Richi bilan “Rok-n-rolchi” filmida ishlagan. Oktabr oyi oxirida aktyor “Venom” filmining yakuniy qismi “Soʻnggi raqs”da rol ijro etadi.