TON kompaniyasining Wallet platformasida Oʻzbekistondagi ofis direktori lavozimiga vakansiya paydo boʻldi
Telegram messenjeriga oʻrnatilgan Wallet kripto-hamyonlar platformasi Toshkentdagi vakolatxona direktori lavozimiga tanlov eʼlon qildi. Tez orada mamlakat hududida filial ochilishi kutilmoqda.
Wallet kripto-hamyonlar platformasi Toshkentdagi vakolatxona direktori lavozimiga tanlov eʼlon qildi. Bu haqda uning saytida xabar berilgan.
Direktor ofisning kundalik ishini boshqarishi, shuningdek, mahalliy hokimiyat va regulyatorlar bilan hamkorlik qilishi kerak boʻladi. Unga mahalliy va xalqaro meʼyorlarga, xususan, kriptovalyutalar sohasiga rioya qilish masʼuliyati yuklatiladi.
Nomzod kriptovalyuta, fintex yoki moliyaviy xizmatlar sohasida boshqaruv tajribasiga ega boʻlishi kerak. Blokcheyn texnologiyalari, raqamli aktivlar va kriptovalyuta bozorlari dinamikasini bilishni namoyish etish talab etiladi.
Oʻzbekistonda yoki shunga oʻxshash qonunchilikka ega yurisdiksiyalarda regulyatorlar bilan hamkorlik qilish tajribasi maqsadga muvofiqdir. Moliyaviy texnologiyalar sohasida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi.