РУ
O’Z
UZS
/
/
Top-10: Narxi oʻrtacha boʻlgan eng kuchli smartfonlar
05.08.2024

Top-10: Narxi oʻrtacha boʻlgan eng kuchli smartfonlar

Top-10: Narxi oʻrtacha boʻlgan eng kuchli smartfonlar

Birinchi oʻrinni OnePlus Ace V3 egalladi: koʻplab testlar natijalariga koʻra, uning oʻrtacha koʻrsatkichi 1,42 million ballni tashkil etgan. Ikkinchi oʻrinda xuddi shu chipga ega Realme GT Neo6 SE joy oldi. Kuchli uchlikni Redmi K70E yakunlagan.

AnTuTu benchmarki eng kuchli oʻrta budjetli Android smartfonlarining iyul oyidagi reytingini eʼlon qildi.

Unda birinchi oʻrinni OnePlus Ace V3 egalladi: koʻplab testlar natijalariga koʻra, uning oʻrtacha koʻrsatkichi 1,42 million ballni tashkil etgan. Qurilma sabflagman bilan jihozlangan.

Ikkinchi oʻrinda xuddi shu chipga ega Realme GT Neo6 SE (1,37 million) joy oldi. Kuchli uchlikni MediaTek Dimensity 8300-Ultra protsessorida ishlaydigan Redmi K70E (1,36 million) yakunladi.

Toʻliq roʻyxat:

  1. OnePlus Ace V3 – 1,42 million ball;
  2. Realme GT Neo6 SE – 1,37 million ball;
  3. Redmi K70E – 1,36 million ball;
  4. Realme GT Neo5 SE – 1,14 million ball;
  5. Redmi Note 12 Turbo – 1,12 million ball;
  6. iQOO Z8 – 966 ming ball;
  7. iQOO Neo7 SE – 966 ming ball;
  8. OnePlus Ace Racing Edition – 882 ming ball;
  9. Redmi Note 12T Pro – 881 ming ball;
  10. iQOO Z9 – 819 ming ball.

Iyul oyida eng kuchli uchta flagmanlar iyun oyida boʻlgani kabi saqlanib qoldi.