РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent aeroportida fidbek uchun QR-kodlar joylashtirildi
31.07.2024

Toshkent aeroportida fidbek uchun QR-kodlar joylashtirildi

Toshkent aeroportida fidbek uchun QR-kodlar joylashtirildi

Bu boshqaruv kompaniyasiga yoʻlovchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga va xizmat koʻrsatish, navigatsiya va noaviatsiya xizmatlari sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Uzbekistan Airports yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish darajasini oshirish tashabbusi doirasida Toshkent xalqaro aeroportida yoʻlovchilarning fikr-mulohazalarini oʻrganish va takliflarni qabul qilish uchun QR kodli stikerlar joylashtirdi.

Endi har bir yoʻlovchi smartfon orqali QR-kodni skanerlash orqali aeroport faoliyatiga baho berishi va oʻz takliflarini qoldirishi mumkin. Bu boshqaruv kompaniyasiga yoʻlovchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga va xizmat koʻrsatish, navigatsiya va noaviatsiya xizmatlari sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Poytaxt aeroportining uchib kelish va uchib ketish zallarining koʻzga koʻringan joylariga oʻrnatilgan QR-kodlar yoʻlovchilarni qulaylik uchun uch tilda — oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlab chiqilgan qisqa soʻrovnomaga yoʻnaltiradi. Anketa havolasi www.uzairports.com rasmiy veb-saytida ham mavjud boʻlib, u har kimga oʻz fikr-mulohazalarini qoldirish imkonini beradi.

Yaqin kelajakda bunday QR-kodlar Oʻzbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda mavjud boʻladi. Uzbekistan Airports kompaniyasi yoʻlovchilardan aeroport xizmatlarini yanada qulay qilish uchun birgalikda yangi aloqa tizimidan faol foydalanishni soʻrab qoladi.