РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent anhorlaridagi suv sifati boʻyicha maʼlumot berildi
27.07.2024

Toshkent anhorlaridagi suv sifati boʻyicha maʼlumot berildi

Toshkent anhorlaridagi suv sifati boʻyicha maʼlumot berildi

Oʻtgan haftaga bilan solishtirilganda Qorasuv kanali, Salar kanali, Tuyaboʻgʻiz  va Chorvoq suv omboridagi suv sifati muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi, Boʻzsuv, Anhor va Burjar kanallari bundan mustasno, bu yerda suv sifati biroz yomonlashdi, SII boʻyicha toza suvlarning II sinfidan — oʻrtacha ifloslangan suvlarning III sinfiga oʻtdi.  

2024-yilning 23-iyul kuni bir qator suv obyektlarida suv ifloslanishi indeksi (SII) boʻyicha kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdoriga yerusti suvlaridan namunalar olindi.

Boʻzsuv kanali (Teleminora hududi) — Mis boʻyicha – 2,1 REM, fenol boʻyicha – 5,0 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,59 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-1,69.

Anhor kanali (Kichik xalqa yoʻlidan quyida) — Mis boʻyicha – 1,9 REM, fenol boʻyicha – 4,0 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,7 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan.  Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,41 mgO2/l ni tashkil etdi.  Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-1,48.

Boʻrijar kanali (Magic sity bogʻi hududi) — Mis boʻyicha – 1,5 REM, fenol boʻyicha – 3,0 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan.  Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,74 mgO2/l ni tashkil etdi.   Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar (SII-1,24).

Salar kanali (Ekoparkdan quyida) — Mis boʻyicha – 4,7 REM, fenol boʻyicha – 6,0 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,6 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,87 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-2,36.

Qorasuv kanali (Furqat bogʻi hududi) — Mis boʻyicha – 2,1 REM, fenol boʻyicha – 6,0 REM, xrom VI boʻyicha – 1,1 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,62 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-2,02.

Chorvoq suv ombori (Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan) — Fenol boʻyicha-3,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,75 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati toza suvlar -  II sinf, SII-0,95.

Tuyaboʻgʻiz suv ombori (Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi oʻrta oqimidagi  gidrotexnik inshoot) — Mis boʻyicha-1,9 REM, fenol boʻyicha-4,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,11 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-1,43.

Oʻtgan haftaga bilan solishtirilganda Qorasuv kanali, Salar kanali, Tuyaboʻgʻiz  va Chorvoq suv omboridagi suv sifati muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi, Boʻzsuv, Anhor va Burjar kanallari bundan mustasno, bu yerda suv sifati biroz yomonlashdi, SII boʻyicha toza suvlarning II sinfidan — oʻrtacha ifloslangan suvlarning III sinfiga oʻtdi.  

Oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv kimyoviy tahlil koʻrsatkichlari boʻyicha oʻrtacha ifloslangan suvlarga toʻgʻri keladi, Chorvoq suv ombori bundan mustasno bu yerda suv sifati toza suvlar.

Maʼlumot uchun, suv ifloslanish indeksi (SII) yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.