РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent – Moskva yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklandi
27.09.2024

Toshkent – Moskva yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklandi

Toshkent – Moskva yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklandi

Ushbu qatnov 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan edi.

24-sentyabrdan boshlab Toshkent – Moskva – Toshkent yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu qatnov 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan edi. 2022-yildan xalqaro poyezd qatnovlari tiklana boshladi.

Qayd qilinishicha, 24-sentyabr kuni Toshkent – Moskva poyezdi “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan yoʻlga chiqdi va Qozogʻistonning “Sariogʻoch”, “Aris”, “Timur”, “Turkiston”, “Yangiqoʻrgʻon”, “Shiyeli”, “Qiziloʻrda”, “Josali”, “Toretam”, “Kazali”, “Aral”, “Sekseul”, “Shalkar”, “Jem”, “Kandiagʻach”, “Oqtoʻbe” hamda “Jaysan” temir yoʻl vokzallarida toʻxtab oʻtadi.

Shuningdek, Rossiyaning “Ilesk”, “Orenburg”, “Sorachinsk”, “Buzuluk”, “Samara”, “Ryazan-1”, “Kuznetsk”, “Penza-1”, “Marjansk”, “Ryask-1”, “Skopin” vokzallariga, 27-sentyabr kuni Moskvadagi “Paveletskiy” temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.

Moskva – Toshkent yoʻnalishidagi 506-sonli poyezd qatnov esa 28-sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 5:40 da “Paveletskiy” vokzalidan Toshkent shahri tomon harakatni boshlaydi. Poyezd 1-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 8:25 da yetib keladi. Toshkent – Moskva – Toshkent yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdlar qatnovi haftada 1-marta amalga oshiriladi.