РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent mozaikalariga oid loyiha ikkita xalqaro festivalda gʻolib chiqdi
04.10.2024

Toshkent mozaikalariga oid loyiha ikkita xalqaro festivalda gʻolib chiqdi

Toshkent mozaikalariga oid loyiha ikkita xalqaro festivalda gʻolib chiqdi

Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish boʻyicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida — Gruziyadagi AdBlackSea va Qozogʻistondagi Red Jolbors festivallarida gʻolib chiqdi.

Toshkentdagi mozaikalarni ularni yopib turgan reklama bannerlaridan ozod qilish bilan tanishtiruvchi Mosaicvertising loyihasi ikkita xalqaro festival sovrinini qoʻlga kiritdi, deya xabar qilmoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.

Sentyabr oyi oʻrtalarida Batumida (Gruziya) boʻlib oʻtgan AdBlackSea xalqaro ijod festivalida Toshkent mozaikalariga oid loyiha Gran-prini va “Media” nominatsiyasining Use Of Print And Outdoor boʻlimida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Tanlovda jami 119 ta loyiha kiritilgan. Xabarda taʼkidlanishicha, ijodkorlik festivalining mukofoti Qora dengiz sohilidan yigʻilgan plastmassadan tayyorlangan.

AdBlackSea festivali 2015-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda va reklama hamda marketing sohasidagi mutaxassislar orasida mashhur. Gʻoliblar orasida Oʻzbekiston, Sloveniya, Bolgariya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Gruziya va boshqa mamlakatlarning loyihalari bor.