РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent viloyatida 23 ta yashil bogʻ barpo etiladi
13.07.2024

Toshkent viloyatida 23 ta yashil bogʻ barpo etiladi

Toshkent viloyatida 23 ta yashil bogʻ barpo etiladi

“Ochiq byudjet” (“Open budget”) axborot portali orqali “Mening bogʻim” loyihalari uchun ovoz berish jarayoni yakunlandi. Natijalarga koʻra, Toshkent viloyatining 22 ta shahar hamda tumanida 23 ta yashil bogʻ barpo etiladi.

“Yashil bogʻ” qurilishi joriy yilning “Yashil makon” umummilliy loyihasi kuz mavsumidan boshlanadi. Har bir bogʻda maydonidan kelib chiqib 500 tadan 1500 tupgacha manzarali daraxt koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Toshkent viloyatining Boʻka tumani aholisi tashabbusi bilan eng koʻp ovoz toʻplagan Jagʻalbayli MFY hududida 0,1 gektar maydonda bogʻ barpo qilinib, tuproq, iqlim sharoitiga koʻra kashtan, yapon saforasi, qayragʻoch, shumtol kabi manzarali daraxtlar ekiladi. Zamonaviy sugʻorish tizimlari yoʻlga qoʻyiladi, agrotexnik tadbirlar muntazam olib boriladi.

Shuningdek, Bekobod tumani Qoraqoʻyli MFYda 1,12 gektar (ga) maydonda, Ohangaron shahri Yoshlik MFYda 0,8 ga maydonda, Ohangaron tumani Qoraxitoy MFYda 1,0 ga maydonda, Oqqoʻrgʻon tumani Sultonobod MFYda 0,5 ga maydonda “Yashil bogʻlar” barpo etiladi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani, Olmaliq shahri, Chirchiq shahri, Chinoz tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Piskent tumani, Nurafshon shahri, Zangiota tumani, Parkent tumani, Yangiyoʻl tumani, Angren shahri, Oʻrta Chirchiq tumani, Boʻstonliq tumani, Qibray tumani, Toshkent tumanida ham “Yashil bogʻlar” yaratiladi.