Toshkent viloyatida “Uzum sayli” xalqaro festivali boʻlib oʻtadi
Festivalning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada sanʼatkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va anʼanalarini aks ettiruvchi keng koʻlamli madaniy dastur oʻrin olgan.
Toshkent viloyatining eno va agroturizm salohiyatini namoyon etish maqsadida joriy yilning 23-24-avgust kunlari Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali boʻlib oʻtadi.
Festivalda Respublikaning barcha viloyatlaridan fermer xoʻjaliklari, ekoturizm yoʻnalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi.
Tadbirda qishloq hoʻjaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari koʻrgazmalari, uzumchilik yoʻnalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar oʻtkaziladi.
Festivalning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada sanʼatkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va anʼanalarini aks ettiruvchi keng koʻlamli madaniy dastur oʻrin olgan.
Shu munosabat bilan, boʻlib oʻtadigan “Uzum sayli” xalqaro festivaliga sayyohlik tashkilotlari, mehmonlar, sayyohlar va mahalliy aholi taklif etiladi.