РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda
27.08.2024

Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda

Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda

Muzlik bir yil ichida 20 metr ortga chekinib, muz “tili” 3 metrgacha erib tugagan. Tadqiqotchilar qimmatli meteostansiya maʼlumotlarini olgan.

Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Germaniya yer tadqiqotlari ilmiy markazi hamda Yashil Markaziy Osiyo tashabbusi loyihalari asosida Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik Paxtakor muzligiga navbatdagi ekspeditsiya oshirildi.

Iqlimshunos olim Erkin Abdulahatovning eslatishicha, Paxtakor muzligiga dastlabki ekspeditsiya oʻtgan 2023-yil yozida amalga oshirilgan boʻlib, oʻshanda tadqiqotchilar muzlik “tiliga” 3 metrli qoziq burgʻilab oʻrnatib kelishgan edi.

Joriy ekspeditsiyada esa qoziq muzlikdan ajralib qolgan. Chunki, muzlik bir yil ichida 20 metr ortga chekinib, muz “tili” 3 metrgacha erib tugagan. Tadqiqotchilar qimmatli meteostansiya maʼlumotlarini olishdi, deydi iqlimshunos.

Paxtakor muzligi — Toshkent viloyatining borish qiyin boʻlgan Oygaing qor koʻchki meteorologik stansiyasidan (bu obyektdan keyin hech qanday bino obyekti mavjud emas) naq 35 km uzoqda, viqorli togʻlar orasida yastangan boʻlib, muzlikka ekspeditsiya aʼzolari naq 2 sutkada piyoda yetib borishgan.