14 ta mahalla Toshkent viloyatidan Yangi Toshkentga ko‘chiriladi: barcha tafsilotlar
Yuqori Chirchiq tumanidan 11 ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa 3 mahalla qisman poytaxtning 13-tumani tarkibiga qo‘shiladi.
Toshkent viloyatidan 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yuqori Chirchiq tumanidan qisman 11 ta mahalla, jumladan, “Istiqlol”, “Gulobod”, “Navro‘z”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Jumabozor”, “Nurli yo‘l”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Sahovat” va “Qizilsoy” MFYlar Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi.
O‘rta Chirchiq tumanidan esa qisman “Mustaqillik”, “Yangi Turmush” hamda “Mash'al” mahalla fuqarolar yig‘ini poytaxtning 13-tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning iyul oyida Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga to‘liq tarkibda tushgan mahallalar ro‘yxatini ma’lum qilgandi.
Yuqori Chirchiq tumanidan 20ta MFY — “Istiqbol”, “Darxon”, “Usmonobod”, “Navoiy”, “Jaloltepa”, “Obodon”, “Guliston”, “Bahor”, “Xvan.T.G”, “Yashnobod”, “Uch chinor”, “Nurafshon”, “Mirobod”, “Fayziobod”, “A.Yassaviy”, “Baliqchi”, “Yoshlik”, “Tinchlik”, “Iyk-ota” va “Birlik” MFYlari o‘tgan.
O‘rta Chirchiq tumanidan 3ta MFY, shu jumladan “Sholikor”, “O‘choqli” hamda “Bunyodkor” MFYlar Yangi Toshkent hududiga tushgan.