/
/
Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda
16.07.2024

Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda

Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi.

Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy taʼlim tizimida sifatni oshirish va xalqaro oʻquv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

Mirziyoyevning 2023-yil sentyabr oyida AQSHga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda. Uning faoliyati 2024/25 oʻquv yilidan boshlanadi. 

Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi. Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.