Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi
Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini 2024/2025-oʻquv yilidan amalga oshiradi. Talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni oʻqitish uchun toʻlov-kontrakt summasi universitet tomonidan belgilanadi.
“Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilan.
Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini 2024/2025-oʻquv yilidan amalga oshiradi. Talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni oʻqitish uchun toʻlov-kontrakt summasi universitet tomonidan belgilanadi.
Abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi universitet tomonidan belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkiloti diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom Oʻzbekistonda tan olinadi.
Qoʻshma taʼlim dasturlarining xorijiy universitetda oʻqish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil OTM hisoblanadi.