/
/
Toshkentda avtobuslar tezligi cheklandi
17.08.2024

Toshkentda avtobuslar tezligi cheklandi

Toshkentda yoʻlovchi avtobuslari tezligi 50 km/soat etib belgilandi. Yangi tezlik chegarasiga rioya etilishi avtobusning tezroq harakatlanishiga imkon bermaydigan maxsus dastur orqali nazorat qilinadi.

Toshkentda avtobuslar tezligi cheklandi

Toshkentda shahar avtobuslari 50 km/soatdan oshmaydigan tezlikda harakatlanadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Yangi tezlik chegarasiga rioya etilishi avtobusning tezroq harakatlanishiga imkon bermaydigan maxsus dastur orqali nazorat qilinadi.

Kompaniya vakillariga koʻra, mazkur chora yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash va yoʻllarda baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan.

Avtobuslarga dasturiy taʼminotni oʻrnatish rejaga muvofiq davom etmoqda va 2024-yilning sentyabrigacha yakunlanishi kerak, deyiladi rasmiy xabarda.