РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentda birinchi Oʻzbekiston-Italiya taʼlim forumi oʻtkaziladi
23.09.2024

Toshkentda birinchi Oʻzbekiston-Italiya taʼlim forumi oʻtkaziladi

Toshkentda birinchi Oʻzbekiston-Italiya taʼlim forumi oʻtkaziladi

23-27-sentyabr kunlari universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini boshchiligidagi Italiya oliy taʼlim muassasalari rektorlari delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi.

Oʻzbekistonning Rim shahridagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, tashrif davomida Toshkent shahrida 24-sentyabr kuni birinchi Oʻzbekiston-Italiya taʼlim forumi oʻtkaziladi.

Tadbirda Italiyaning Turin politexnika, Venetsiyaning Ka-Foskari, Bolonya, Piza, Bikokka Milan, Roma Tre, Tushsha va Siyena universitetlari kabi 20 dan ortiq yetakchi oliy oʻquv yurtlari, Oʻzbekiston tomonidan esa 46 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektor va prorektorlari ishtirok etadi.

Forum doirasida ikki davlat universitetlari oʻrtasida bir qator qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirishga oid hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston-Italiya taʼlim forumi kun tartibidan talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, pedagoglar malakasini oshirish, universitetlararo hamkorlik, ilmiy tadqiqot loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va sohaning boshqa muhim masalalari muhokamasi oʻrin olgan.