РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentda bunday jaziramada qayerlarda cho‘milish mumkin?
24.06.2024

Toshkentda bunday jaziramada qayerlarda cho‘milish mumkin?

Toshkentda bunday jaziramada qayerlarda choʻmilish mumkin?

Har yilda bo‘lganidek ushbu yoz ham juda issiq kelmoqda. Jaziramada cho‘milish maskanlari inson joniga ora beradi, salqinlikni ta’minlaydi. Toping.uz ushbu jamlanmada Toshkent shahri va uning atrofida cho‘milish mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot beradi.

Toshkent shahridan Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” erkin sayyohlik hududida grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar yo‘lga qo‘yilgan. Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00 va 16:00 da harakatlanadi. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.

Manzil

Foto: Mice-uzbekistan.uz

Nefrit ko‘li

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan yana bir manzil — Nefrit ko‘li. Ushbu maskan ob-havosi, tog‘lari va, albatta, nefritdek suvi bilan maqtana oladi.

Bu manzil Toshkent shahridan 160, Bo‘stonliq tumani markazidan esa 90-100 kilometr olisda joylashgan.

Manzil

Foto: Helicopters.uz

Anhor kanali

Toshkent shahri ichidan oqib o‘tuvchi kanalning Bo‘rijar deb ataluvchi qismi yoz mavsumida muzdek suvda cho‘milishni xush ko‘ruvchilar uchun asosiy tashrif buyurish manziliga aylanadi. Kanalning bir qancha qismlarida cho‘milish, baliq ovlash, kemada sayr qilish mumkin.

Manzil

Foto: Gazeta.uz

“Yangi O‘zbekiston” plyaji

“Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi plyaj ko‘l havzasi bo‘lib, maksimal chuqurligi taxminan 1,7 metr va atrofi yumshoq qum bilan o‘ralgan. Tashrif buyuruvchilar uchun quyoshda toblanish uchun shezlonglar, soyabonlar, dush va kiyim almashtirish kabinalari, hojatxona va saqlash xonalari mavjud.

Bog‘ga Mashinasozlar metro bekatidan 190-sonli avtobus boradi.

Aktual narxlar: 

  • 3 soatga: 
  • Ish/dam olish kunlari 
  • 4 yoshgacha bolalar - bepul; 
  • 10 yoshgacha bolalar - 60 000/90 000 so‘m; 
  • kattalar - 90 000/120 000 so‘m; 
  • nafaqaxoʻrlar - 45 000/60 000 so‘m.

Manzil

Foto: Gazeta.uz

Toshkent daryosi

Ushbu dam olish maskani Toshkent shahridan biroz uzoqda joylashgan bo‘lsada, ajoyib dam olish imkoniyatini taqdim etadi. 

Manzil

Foto: Instagram/@sazan_tashmorskiy

Yallama ko‘li

Yallama ko‘li inson va tabiat ishtirokida shakllangan. Bu Toshkentdan Sirdaryo viloyatiga olib boradigan yo‘lda joylashgan maskan bo‘lib, Chinoz tumanidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. 

Aynan shu yerda mashhur Chinoz baliqlaridan tatib ko‘rishingiz va baliq ovi bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu ko‘lda dam olish uchun turlar sotib olishingiz mumkin.

Manzil

Foto: Eastroute