Toshkentda bunday jaziramada qaysi bogʻlarda dam olish mumkin?
Yoz yaqinlashgani sari daraxtlar koʻp boʻlgan, soya-salqin joylarga ehtiyoj ortadi. Bu videoda quyoshdan “qochish” mumkin boʻlgan beshta park haqida maʼlumot beramiz.
Botanika bogʻi
Toshkentning toza havodan nafas olish va toʻliq salqinlikni his qilish mumkin boʻlgan kamdan-kam joylardan biri Yunusobod tumanidagi Botanika bogʻi hisoblanadi. Daraxtlar koʻp va sokin maydon qidirib yurganlar uchun ayni muddao.
- Kirish narxi: 10 ming soʻm.
- Manzil
Central park
Bu yer ham oʻzining ulkan va soyali daraxtlari bilan ajralib turadi. Bu park oldida salqinlik bagʻishlovchi fontan, ichkarida esa koʻl mavjud. Yozning jaziramasida salqinlikni suv ham taʼminlashini inobatga olish kerak.
- Kirish bepul.
- Manzil
Eko Park
Central Parkʼdan uzoq boʻlmagan joyda qalin daraxtlar bilan oʻralgan yana bir joy bor. Eko park odatda gavjum boʻlsa ham oʻz toza havosini yoʻqotmaydi. Toza havo va salqinlik hamrohingiz boʻladi.
- Kirish bepul.
- Manzil
Yapon bogʻi
Yunusobod tumanida koʻl, oʻrindiqlar, daraxtlar, sokinlik, gullagan sakura, qushlar sayrashi va eng muhimi yashillikni topish mumkin boʻlgan joy bu Yapon bogʻidir. Yaponiya atmosferasini ham his qilishingiz kafolatlanadi.
- Kirish narxi: 30 ming soʻm.
- Manzil
Doʻstlik va Seul bogʻlari
Bu ikkala bogʻ yonma-yon joylashgani bilan diqqatga sazovor. Aynan yonma-yon joylashgan ikki park daraxtlari va suvi bilan Bobur koʻchasida joylashgan salqin maskanning qadrini oshiradi.
- Kirish bepul.
- Manzil