РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentda dam olish kunlarida qayerlarga borish mumkin?
12.07.2024

Toshkentda dam olish kunlarida qayerlarga borish mumkin?

Toshkentda dam olish kunlarida qayerlarga borish mumkin?

Jazirama issiq bilan oʻtgan navbatdagi hafta ham oʻz nihoyasiga yetdi. Poytaxt aholisi va mehmonlari ushbu dam olish kunlarini qayerda oʻtkazishi mumkin? Buni oʻylab vaqtingizni sarflamang, biz siz uchun roʻyxat tuzib chiqdik.

Tashkent Cityʼda Live Jazz Night

Foto: Sercopilevante.com

13-iyul, shanba kuni Tashkent City bogʻi katta sahnasida “Live Jazz Night” boʻlib oʻtadi.

Mehmonlar jonli ovoz, jazz orkestrining zamonaviy ritmlari va mumtoz musiqani tinglashi mumkin boʻladi.

  • Kirish bepul

Central Parkʼda shou dasturi

Foto: Central Park

13-iyul kuni istirohat bogʻida animatorlar tomoshalari va “Renessans Band” guruhining musiqiy chiqishlaridan bahramand boʻlish mumkin.

14-iyulda esa doʻstlar ishtirokidagi chellenjlar, PUBG haqidagi tomoshalar va bir qancha boshqa shou dasturlar boʻlib oʻtadi.

  • Kirish bepul

Milliy bogʻda konsert

Foto: Instagram / @sarvar_benom

14-iyul kuni bogʻ mehmonlarini “Benom” guruhi, Dj Safronov, Mc Jenya Black, “Tumor Band”, olovli shou va animatorlar chiqishlari kutib turibdi.

  • Soat 19:00 da
  • Kirish bepul

Sinbad basseynidan maxsus aksiya

Foto: Sinbad

Basseyn dam olish kunlarida tugʻilgan kun sohiblariga bepul kirish imkoniyati va barcha hisobdan 20 foiz chegirma taqdim etadi. Chegirmani qoʻlga kiritish uchun pasport bilan kelish kifoya.

Ish kunlarida narx: kattalar uchun butun kun – 100 000 soʻm, bolalar uchun (4 yoshdan 12 yoshgacha) – 60 000 soʻm;

Dam olish kunlarida narx: kattalar uchun butun kun – 150 000 soʻm, bolalar uchun (4 yoshdan 12 yoshgacha) – 70 000 soʻm;

  • 3 yoshgacha bolalar – bepul
  • Ish vaqti: 10:00 dan 22:00 gacha
  • Joy band qilish uchun: +998 93 910-88-88

Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida “Parvoz” koʻrgazmasi

Foto: Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi

Koʻrgazma Yoshlar kuni va “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yiliga bagʻishlangan. Koʻrgazmada 70 dan ortiq yosh isteʼdod sohiblari ishtirok etmoqda.

  • Ish vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha
  • Narx: 10 000 soʻm, chet elliklarga 50 000 soʻm

“Fransiya oʻzbek fotografi nigohida” koʻrgazmasi

Fotosuratlar uyidagi koʻrgazmada fotograf Bobur Alimxoʻjayevning asarlari namoyish etilmoqda. U Fransiyaning turli timsolga aylangan joylarini aks ettiruvchi 44 ta suratni ishtiyoq va aniqlik bilan suratga olgan.

  • Ish vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha
  • Dushanba dam olish kuni
  • Kirish bepul

“Sharqona bozor” yarmarkasi

14-iyul kuni Samarqand Darvoza savdo markazida “Sharqona bozor” koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

Unda turli aksessuarlar, oʻyinchoqlar, taqinchoqlar, tekstil mahsulotlari va xonadon ichki bezaklari namoyish etiladi.

  • Kirish bepul

Respublika bolalar kutubxonasida uchrashuvlar

Foto: Respublika bolalar kutubxonasi

13-iyul, shanba kuni kutubxonada bolalar kitoblari toʻgaragi yigʻilishi, koreys kitob klubi yigʻilishi va kattalar stol oʻyinlari klubi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

14-iyul, yakshanba kuni kutubxonada oʻsmirlar uchun moliyaviy savodxonlik toʻgaragining birinchi yigʻilishi, stol oʻyinlarining yosh muxlislari uchun toʻgarak yigʻilishi va kitobxonlar klubining yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

  • Narx: Qo‘ng‘iroq asosida aniqlashtiriladi
  • Tadbir vaqti: 13:00 dan 20:00 gacha
  • Telefon: +998 71 231 17 91