РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentda hakerlar musobaqasi boʻlib oʻtadi
12.09.2024

Toshkentda hakerlar musobaqasi boʻlib oʻtadi

Toshkentda hakerlar musobaqasi boʻlib oʻtadi

8-9-oktyabr kunlari Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasida kibermusobaqa boʻlib oʻtadi, unda ikki turdagi jamoalar — himoyachilar va hujumchilar bellashadi. Eng yaxshi jamoalar 50 million soʻm bilan bilan taqdirlanadi.

Oʻzbekistondagi axborot xavfsizligi sohasidagi eng yirik kibermusobaqa — “Cyberkent 2” 9-10-oktyabr kunlari Intercontinental mehmonxonasida start oladi.

Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, ushbu tadbir kiberxavfsizlik boʻyicha milliy jamoalarni bir joyga jamlaydi.

Qoidalarga koʻra, ikki jamoa oʻzaro bellashadi: koʻk (Blue Team) va qizil (Red Team).

Sovrinli oʻrinlar uchun quyidagi pul mukofotlari belgilangan:

BLUE TEAMS

Koʻk jamoaning asosiy vazifasi oʻzining virtual infratuzilmasiga boʻladigan hujumlarni qaytarishdir.

  • 1-oʻrin – 50 million soʻm;
  • 2-oʻrin – 30 million soʻm;
  • 3-oʻrin – 10 million soʻm.

RED TEAMS

Qizil jamoaning asosiy vazifasi tizimni nazorat qilish uchun undagi zaifliklarni aniqlashdir.

  • 1-oʻrin – 50 million soʻm;
  • 2-oʻrin – 30 million soʻm;
  • 3-oʻrin – 10 million soʻm.

Turnir haqida batafsil maʼlumotni saytdan olish mumkin.