РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentda ilk bor Maker Faire festivali oʻtkaziladi
10.09.2024

Toshkentda ilk bor Maker Faire festivali oʻtkaziladi

Toshkentda ilk bor Maker Faire festivali oʻtkaziladi

Tadbir Intercontinental mehmonxonasida boʻlib oʻtadi. Unda ixtirochilar va texnologiya ixlosmandlari roʻyxatdan oʻtgan holda ishtirok etishlari mumkin.

Toshkent shahrida 12 va 13-oktyabr kunlari Maker Faire festivali oʻtkaziladi.

Tadbir Intercontinental mehmonxonasida boʻlib oʻtadi. Unda ixtirochilar va texnologiya ixlosmandlari roʻyxatdan oʻtgan holda ishtirok etishlari mumkin.

Maker Faire — ilk bor Toshkentda ilm-fan, garaj innovatsiyalari, raqamli sanʼat va yangi texnologiyalar festivali boʻlib oʻtadi. Tadbir AQSHning Toshkentdagi elchixonasi koʻmagida 12 va 13-oktyabr kunlari Intercontinental mehmonxonasida boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazmada robototexnika, ilm-fan, elektronika, dizayn, “Lego”, raqamli sanʼat, zamonaviy qoʻl mehnati, 3D modellashtirish va virtual reallik kabi sohalardagi ishtiyoqli ixtirochilar va texnologiya ixlosmandlari ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish uchun ular quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Festival haqidagi yangiliklar Telegram va Instagram sahifalarda berib boriladi.