/
/
Toshkentda ingliz tilini qayerda oʻrganish mumkin? 10 ta eng yaxshi maktab
03.09.2024

Toshkentda ingliz tilini qayerda oʻrganish mumkin? 10 ta eng yaxshi maktab

Chet tillarini oʻrganish barcha zamon va makonlarning asosiy ehtiyojlaridan biri hisoblangan. Ayniqsa, bu tendensiya oxirgi yillarda keskin rivojlandi. Shu fonda xorijiy tillarni oʻrgatuvchi oʻquv markazlari faoliyati ham ommalashdi. Bugungi maqolada Toshkent shahridagi eng mashhur 10 ta maktab keltiriladi. Ularda ingliz tilini oʻrganib, albatta, IELTSʼda yuqori ball olasiz.

Toshkentda ingliz tilini qayerda oʻrganish mumkin? 10 ta eng yaxshi maktab

Everest

IELTS uchun tayyorlanayotgan oʻquvchilar yoki abituriyentlar oʻrtasida eng mashhur oʻquv markazlaridan boʻlgan Everest oʻz natijalari bilan ham maqtana oladi. Bundan tashqari, oʻquv markazining Toshkent shahrida 21 ta filiali mavjud.

  • Murojaat uchun telefon: +998951445020
  • Manzillar

Cambridge

Cambridge oʻquv markazi ham ingliz tili oʻrganuvchilari orasida oʻz mavqeiga ega hisoblanadi. Ushbu oʻquv markazidan ham IELTSʼdan eng yuqori boʻlgan 9 balni olgan oʻquvchilar chiqqan.

  • Murojaat uchun telefon: +998787777774
  • Manzillar

Target

10 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat koʻrsatayotgan “Target” xalqaro maktabi 1000 dan ortiq oʻquvchilarga taʼlim berib kelgan. Bu yerda IELTSʼdan tashqari SAT boʻyicha ham taʼlim olish mumkin. Maktabning Toshkent shahrida 5 ta filiali mavjud.

  • Murojaat uchun telefon: +998712000737
  • Manzillar

Result

Ingliz tili va IELTSʼni oʻrgatishga eʼtibor qaratiladigan oʻquv markazi IDP imtihon markazi bilan rasmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Toshkentda Resultʼning 5 ta filiali mavjud.

  • Murojaat uchun telefon: +998781133232
  • Manzillar

Thompson school

Toshkentda 7 ta filiali boʻlgan Thompson maktabi General English va IELTSʼga eatibor qaratadi. Bu maktabda IELTS bali 9 gacha boʻlgan ustozlar dars oʻtadi.

  • Murojaat uchun telefon: +998781137474
  • Manzillar

Kingdom Education

Juda koʻplab fanlar va tillarni oʻrgatishga eʼtibor qaratadigan Kingdom Educationʼda ingliz tilini ham oʻrganish mumkin. Bundan tashqari, maktabda SATʼga ham tayyorlanish imkoni mavjud.

  • Murojaat uchun telefon: +998935002200.
  • Manzillar

Oxford

Oxford oʻquv markazi 4 oy ichida IELTS baholash tizimidan 7 ball olish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, bu yerda rus tilini ham oʻrganish mumkin.

  • Murojaat uchun telefon: +998781138114
  • Manzillar

Пять с плюсом

Oʻquvchilarining natijalari bilan bemalol maqtana oladigan yana bir oquv markazi. Bu yerda ingliz tilidan tashqari boshqa fanlar va tillarni oʻzlashtirish imkoniyati bor. Oflayn darslardan tashqari video darslarni ham sotib olish imkoniyati mavjud.

  • Murojaat uchun telefon: +998787770350
  • Manzil

Inter Nation

Shaharning markaziy joylarida oʻz markazlariga ega boʻlgan Inter Nationʼda oʻqib, IELTS baholash tizimidagi eng yuqori ballarni qoʻlga kiritish mumkin. Oʻquv markazining Toshkent shahrida 12 ta filiali mavjud.

  • Murojaat uchun telefon: +998787777707
  • Manzillar

Kingʼs Academy

Bu yerda ingliz tili va IELTSʼdan tashqari ITʼni ham oʻrganish mumkin. Nemis tili kurslari ham mavjud. Oʻquv markaz kurslarini onlayn va oflayn holda topish mumkin.

  • Murojaat uchun telefon: +998787777774
  • Manzillar