РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentda jamoat transporti bosqichma-bosqich elektr va gazga o‘tkaziladi
26.09.2024

Toshkentda jamoat transporti bosqichma-bosqich elektr va gazga o‘tkaziladi

Toshkentda jamoat transporti bosqichma-bosqich elektr va gazga o‘tkaziladi

Yo‘lovchilar va yo‘nalishli taksilarning xavfsiz va to‘siqsiz harakatlanishini hisobga olgan holda bekatlar rekonstruksiya qilinadi.

Toshkent shahrida jamoat transporti bosqichma-bosqich elektr va gazga o‘tkaziladi. Bu haqda chang bo‘ronlariga qarshi kurashishga qaratilgan prezident qarorida keltirilgan.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning birinchi va ikkinchi toifasiga kiruvchi sanoat korxonalari atrofida “yashil belbog‘"lar barpo etiladi.

2025-yilning bahor va kuz mavsumida Toshkent viloyatidan 173 ta sanoat korxonasi hududi va ularga tutash hududlarda 1,3 mln tup, poytaxtdagi 30 ta sanoat korxonasi hududida 300 ming tup daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Atmosfera havosining sifati bo‘yicha ekologik ma’lumotlarni joylashtirish uchun maxsus tablo va monitorlarni o‘rnatishga Ekologiya vazirligiga yer uchastkalari ajratiladi.

Bu bo‘yicha 2025-yilning iyunigacha poytaxt hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya vazirligiga joy ajratish uchun shaharning markaziy ko‘chalarida, jamoat joylarida kamida 20 ta yerni aniqlash topshirildi.