Toshkentda koʻchmas mulk narxi arzonlashdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan taqdim etilgan hisobotga koʻra, 2024-yil avgust oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi sohasida ikki oylik narx pasayishidan keyin barqarorlik kuzatildi.
Poytaxtdagi bir kvadrat metr turar joy maydonining oʻrtacha ijara narxi 8,3 dollarni tashkil etib, joriy yilning iyul oyiga teng. Iyun oyiga nisbatan pasayish 1,2 foizni, may oyiga nisbatan esa 0,6% ni tashkil etdi.
ITI ekspertlari bozordagi barqarorlikni mavsumiy omil - anʼanaviy ravishda ijarachilar oʻrtasida faollikning oshishi bilan birga keladigan oʻquv yilining boshlanishi bilan bogʻlashadi.
Avgust oyida barqarorlashganiga qaramay, yillik nisbatda oʻrtacha ijara narxining pasayishi kuzatilmoqda. Masalan, 2023-yil avgust oyida bir kvadrat metr ijara narxi oʻrtacha 9 dollarni tashkil etgan boʻlsa, yil davomida bu koʻrsatkich 7,3 foizga kamaydi.
Bektemir va Sergeli tumanlarida ijara narxi eng arzon boʻlib qolmoqda, bu yerda oʻrtacha ijara narxi kvadrat metr uchun 6 dollarni tashkil qiladi. Eng yuqori narxlar poytaxtning markaziy hududlarida qayd etilgan: Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy. U yerda ijara narxi har kvadrat metr uchun 10 dollarga yetadi.
Shu bilan birga, yil davomida narxlarning eng katta pasayishi quyidagi tumanlarda kuzatildi:
Yakkasaroy tumani: -14,8 foiz;
Yashnobod tumani: -13,3 foiz;
Shayxontohur tumani: -11,5 foiz;
Yunusobod tumani: -10 foiz.
ITIM tahlilchilarining taʼkidlashicha, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlarining pasayish tendensiyasi saqlanib qolmoqda.