/
/
Toshkentda “Pandemiya” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi
09.09.2024

Toshkentda “Pandemiya” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi

10-sentyabr kuni soat 18:00da Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Pandemiya” badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi.

Toshkentda “Pandemiya” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi

Kinokartina Kinematografiya agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorligida “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan yaratilgan.

Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.

Film 2020−2021-yillarda butun dunyoga, xususan, Oʻzbekiston aholisi hayotiga xavf solgan Covid-19 virusi va uning mamlakatdagi tibbiyot sohasiga taʼsiri haqida hikoya qiladi.

Ssenariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Abu Tolib Adamqulov, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyev. Kirish bepul, joylar soni cheklangan.