/
/
Toshkentda q.watt velosiped ijarasi ishga tushirildi
06.08.2024

Toshkentda q.watt velosiped ijarasi ishga tushirildi

q.watt kompaniyasi velosipedlarni ijaraga olishni joriy qilish orqali o‘z xizmatlarini kengaytirmoqda. Ushbu xizmat shahar bo‘ylab sayohat qilishning qulay, ekologik va arzon usullariga o‘sib borayotgan talabga javob beradi.

Toshkentda q.watt velosiped ijarasi ishga tushirildi

Yangi sevimli mashg‘ulotlarni qidirayotgan va dam olish kunlarini faol o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun endi bu yanada oson bo‘ldi. Poverbanklarni qulay ijaraga berish xizmati bilan mashhur q.watt xizmati velosipedlarni ijaraga olishni yo‘lga qo‘ydi.

q.wattʼdan yangi xizmat turi

2022-yil dekabr oyidan boshlab q.watt Toshkent shahri aholisi va sayyohlariga poverbank ijarasini taklif qilish orqali doimo aloqada bo‘lishlariga yordam bermoqda. Endi kompaniya velosipedlarni ijaraga olishni joriy qilish orqali o‘z xizmatlarini kengaytirmoqda. Ushbu xizmat shahar bo‘ylab sayohat qilishning qulay, ekologik va arzon usullariga o‘sib borayotgan talabga javob beradi.

Undan foydalanishni qanday boshlash kerak?

Xizmatdan foydaldanish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi:

  • q.watt ilovasini Google Play yoki App Store`dan yuklab olish.
  • Ro‘yxatdan o‘tish — telefon raqamini kiritib, to‘lov uchun kartasini ulash.
  • Velosiped topish — yaqin mavjud velosipedlarni topish uchun ilovadagi xaritadan foydalaniladi.
  • Ijaraga olish va haydash — velosipedingizdagi QR kodni skanerlab yo‘lga chiqiladi.

Velosipedni qaytarish — foydalanishni yakunlash uchun velosipedni ilovada belgilangan istalgan qulay velosiped to‘xtash joyiga qaytarishingiz talab qilinadi.

Qulaylik va foydalanish imkoniyati

q.watt velosiped to‘xtash joyi Toshkentning mashhur va qulay joylarida, metro bekatlarida joylashgan. Bu xizmatdan barcha toifadagi iste’molchilar uchun foydalanishni osonlashtiradi.

Ekologik manfaatlar

q.watt velosipedlarini tanlab, siz nafaqat faol dam olishdan xursand bo‘lasiz, balki zararli gazni kamaytirishga yordam berasiz. Bu toza va sog‘lom shahar sari muhim qadamdir.

Kompaniya fikri

“Toshkent aholisiga yangi velosipedlarni ijaraga olish xizmatini taqdim etishdan mamnunmiz. Bu fuqarolarning imkoniyatlarini kengaytiradi va shahar bo‘ylab harakatlanishni yanada qulaylashtiradi, shuningdek, ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi”, — dedi q.watt kompaniyasi vakili.

Foydalanuvchi sharhi

Foydalanuvchilar yangi xizmatni allaqachon baholab bo‘lishdi va o‘z taassurotlari bilan bo‘lishishdi.

“Toshkentda Ilova orqali birinchi velosiped ijaraga olish xizmati paydo boʻlganidan juda xursandmiz. Bu haqiqatan ham qulay va biz uchun yangi faoliyatni ochib berdi. Biz juda mamnunmiz”, — deydi foydalanuvchilardan biri.

Ilovaga qanday qoʻshilish mumkin?

Buning uchun dasturni yuklab olish, ro‘yxatdan o‘tish va oddiy amallarni bajarish kifoya. Ijara haqini Uzcard va Humo kartalari orqali to‘lash mumkin. Batafsil ko‘rsatmalar va qoidalarni ilovada va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy q.watt sahifalarida topishingiz mumkin.

q.wattʼdan foydalanib, bo‘sh vaqtingizga rang-baranglik qo‘shishingiz mumkin. Velosiped ijarasining yangi xizmati dam olish kunlarini faol va unutilmas qila oladi. Velosiped haydashdan zavq olib, q.watt bilan Toshkentni yangi tomondan kashf etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan ma’qul.