РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentda rassom va hunarmandlar uchun sanʼat qarorgohlari qurilmoqda
08.07.2024

Toshkentda rassom va hunarmandlar uchun sanʼat qarorgohlari qurilmoqda

Toshkentda rassom va hunarmandlar uchun sanʼat qarorgohlari qurilmoqda

Madrasa binosida musavvirlarga moʻljallangan fayzli ustaxonalar ham mavjud boʻlib, sobiq bolalar bogʻchasida esa ijodiy uchrashuvlar va mushtarak ijodga shoʻngʻituvchi umumiy maydonga ega shinam turar-joy xonalari joylashadi.

Eski shaharning markazida rassom, hunarmand va xalq meʼmorchiligi ustalari qoʻnim topuvchi boʻlajak sanʼat qarorgohlarini taʼmirlash va qayta tiklash ishlari qizgʻin pallaga kirmoqda.

Loyiha sobiq madrasa va qarovsiz qolgan bolalar bogʻchasidan iborat boʻlib, u yerda barcha imoratlarning tagzamini qad rostlantirilib, pardozlash va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Madrasaning daslabki qiyofasiga qaytarish ishlari bilan Fransiyaning “Studio KO” dizayn gʻoyalari byurosi hamda Serbiyaning “Werner Sobek Belgrade” loyiha shirkati mutaxassislaridan iborat jamoa shugʻullanmoqda. Restavratorlar sifatida Ogʻa Xon jamgʻarmasining madaniyat vaqfi (Shveysariya) yetakchi mutaxassislari jalb etilgan.

Rekonstruksiya loyihasiga koʻra, koʻrkam tarovat kasb etuvchi madrasa binosida musavvirlarga moʻljallangan fayzli ustaxonalar ham mavjud boʻlib, sobiq bolalar bogʻchasida esa ijodiy uchrashuvlar va mushtarak ijodga shoʻngʻituvchi umumiy maydonga ega shinam turar-joy xonalari joylashadi.