/
/
Toshkentda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlovchi Startup Garage markazi ochildi
22.07.2024

Toshkentda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlovchi Startup Garage markazi ochildi

Ishtirokchilar moliyaviy institutlar va boshqa tadbirkorlar bilan aloqalar oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Boshqa startaplar bilan tajriba almashish va hamkorlik qilish, loyihalarga marketing va reklama boʻyicha yordam koʻrsatiladi.

Toshkentda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlovchi Startup Garage markazi ochildi

Toshkent shahrida 20-iyul kuni startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Startup Garage ochildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha innovatsiya va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, u Oʻzbekistonda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltirilgan.

Uning doirasida yosh va isteʼdodli tadbirkorlarga zarur resurslar, bilimlar va koʻnikmalar taqdim etiladi, ular oʻz loyihalarini markazda amalga oshirishlari mumkin.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Shuningdek, loyiha Aloqabank, Aloqaventures, Ipoteka bank, Mohirdev va Mohirlar kabi moliyaviy tashkilotlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Tadbirda Startup Garageʼdagi Magicbot, Pulseev.uz, Ish.uz, Ameen Group hamda Vamar TMS kabi loyihalarning taqdimotlari oʻtkazildi. Shu bilan birga, Startup Foundation birinchi onlayn dasturining taqdimoti hamda pitch-sessiyalar ham olib borildi.

Startup Garageʼga kirish uchun startupgarage.uz saytida roʻyxatdan oʻtish yoki +998770475753 raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkin. Markazda loyihalar zarur resurslar va tajribali murabbiylar bilan taʼminlanadi, sarmoya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Shu bilan birga, ishtirokchilar moliyaviy institutlar va boshqa tadbirkorlar bilan aloqalar oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Boshqa startaplar bilan tajriba almashish va hamkorlik qilish, loyihalarga marketing va reklama boʻyicha yordam koʻrsatiladi.