Toshkentda yomgʻirlar mavsumi. Oʻzbekistonda bir haftalik ob-havo haqida soʻzlab beramiz va har kun uchun 7 ta obrazni koʻrsatamiz
Mana quyoshli dam olish kunlari ham oʻz nihoyasiga yetdi, endi esa ishlar, tashvishlar va boshqa odatiy yumushlarga qaytish vaqti keldi. Lekin tushkunlikka tushmang: oʻzingizga issiqqina choy damlang, olib ketiladigan kofe oling va muvaffaqiyat sari olgʻa. Tashqarida yomgʻir boʻlsa ham, bizda har doim soyabon, yozning iliq xotiralari va modaga mos kiyimlar bor, ularni Masha mehr bilan toʻplagan, ob-havoni esa Oʻzgidromet sinoptiklari aytib beradi.
Toshkentda bir haftalik — 21-27-oktyabr uchun ob-havo:
21 oktyabr
Dushanba – ogʻir, xomushli va bu safar bulutli kun boʻladi. Lekin bu kunning koʻngilni koʻtaradigan jihati, kunduzi havo harorati +23 darajagacha koʻtarilishi mumkin va siz ishga issiq kurtka bilan borishingiz shart emas. Uni kiyishni kechki vaqtga olib qoʻying: kechasi harorat +12 boʻladi. Hozir esa eng kutilmagan obrazlaringizni ofisga kiyib chiqing. Mashaning tanlovi: “Buyursin” brendining ikkitalik kostyumi.
22-oktyabr
Toshkentda yomgʻir mavsumi qisqa tanaffusdan keyin davom etmoqda. Uydan soyabon bilan chiqamiz va issiqroq kiyinamiz. Qaynoq qalbingiz ham yordam bermaydi – termometr +19 darajani koʻrsatmoqda. Soyabonsiz qolganlar (Masha ham) esa yangi trendlarni izlaydi va yomgʻirdan saqlovchi modaga mos aksessuarlar topadi – masalan, beysbolka va vintaj Dior jaketiga nima deysiz?
23-oktyabr
Chorshanba – haftaning eng sovuq kunlaridan biri. Toshkentda bugun ob-havo unchalik yaxshi emas: +14 va kechagi yomgʻir izlari hali ham saqlanmoqda. Sevimli ustki kiyimlarni olib chiqish vaqti keldi – Mashaning tanlovi: dizayner Nulifar Abduvalievaning baxmal choponi, u Akmal Nurning rasmidan reproduktsiya bilan bezatilgan.
24-oktyabr
Payshanba kuni Toshkentda yana +14, lekin baʼzi joylarda avo ochilishi va kamdan-kam yomgʻirlar kuzatiladi. Tashvishlanmang, quyosh chiqadi, lekin faqat kechki +9 darajadan keyin. Ammo hozircha ichimizdagi quyosh va trendlar isinishga yordam beradi: Masha maksi ipak koʻylagi va burgundi rangli “Oy&Nur” kalta choponini kiygan.
25-oktyabr
Agar siz ham biz kabi juma kunini yaxshi koʻrsangiz, u sizga manzur keladi. Yomgʻirlar oʻtib ketdi, bulutlar tarqaldi, endi esa quyosh koʻzoynaklarini taqamiz va SPF-krem surtamiz. Ammo issiq ustki kiyimlarni yechmaymiz, bugungi harorat +15 daraja. Shuning uchun palto yoki trench ostidan yengilroq kiyim kiyish tavsiya qilinadi. Mashaning tanlovi: qanot yengli va shokolad rangli uzun koʻylak.
26-oktyabr
Agar siz shanba kuni yozgi issiqni qaytishini kutgan boʻlsangiz, xato qilasiz. Kunduzi harorat zoʻrgʻa +16 darajaga yetadi. Shuning uchun Masha uyda qolishga qaror qildi. Seriallarni tomosha qilish, pishirish va shunchaki dangasalik qilish uchun bugun uning tanlovi — qaymoq rangli popuklar va lola gullari bilan bezatilgan pijama.
27-oktyabr
Yakshanba – oilaviy dam olish kuni va yana quyoshli. Ammo kuzgi quyoshga aldanib qolmang: harorat +12 daraja boʻladi. Nonushta qiling va issiqroq kiyinib, oilangiz bilan sayr qiling. Siz uchun Toshkentning eng yaxshi joylari roʻyxatini tuzdik: mazali sirnik isteʼmol qiladigan va butun oila uchun koʻngilochar joylar. Obrazlar bilan tajriba qilishni unutmang va mos kelmaydigan narsalarni uygʻunlashtiring: masalan, klassik uzun yubkani sportli hudi bilan kiyib koʻring, ishonamizki bunday uygʻunlik sizga ham manzur boʻladi.