/
/
Toshkentdagi Beruniy xiyoboni obodonlashtiriladi
12.08.2024

Toshkentdagi Beruniy xiyoboni obodonlashtiriladi

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish boʻyicha oʻrganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush koʻrishi, qanday obyektlar va funksiyalarni koʻrishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini koʻrsatishi mumkin.

Toshkentdagi Beruniy xiyoboni obodonlashtiriladi

Toshkent hokimligi Beruniy metro bekati yaqinidagi Universitet va Farobiy koʻchalari kesishmasidagi Beruniy xiyoboni konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

Fuqarolarning fikrini bilish uchun poytaxt maʼmuriyati soʻrovnoma ishlab chiqdi. Javoblar 14-avgustgacha qabul qilinadi. Unda har bir fuqaro bevosita ishtirok etib, taklif bildirishi mumkin.

Rezidentlar bogʻda nimani yoqtirmasligini, u yerda qanday obyektlar va funksiyalarni koʻrishni xohlashlarini, shuningdek, bolali ota-onalar va nogironligi borlar tashrif buyurishi uchun qulay yoki qulay emasligini koʻrsatishlari mumkin.

Bundan tashqari, yashil hududlar sifati va shaharning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan istak va takliflarni ham qoldirish mumkin. Poytaxt hokimligi shahar aholisi va mehmonlaridan soʻrovnomada faol ishtirok etishni va fikr bildirishni soʻragan.