/
/
Toshkentdagi bolalar maydonchasi boʻlgan restoranlar. Top-7
23.08.2024

Toshkentdagi bolalar maydonchasi boʻlgan restoranlar. Top-7

Toshkent shahrida oilaviy hordiq chiqarish mumkin boʻlgan restoranlar talaygina. Bugun biz sanab oʻtadigan manzillarda eng kichkina yoshdagi bolalar bilan ham maza qilib ovqatlanish mumkin. Chunki ularning har birida bolalar oʻyingohlari mavjud.

Toshkentdagi bolalar maydonchasi boʻlgan restoranlar. Top-7

Resto Tashkent

Ushbu restoranda nafaqat bolalar uchun maydoncha, balki jajji shirintoylar uchun har yakshanba kuni tematik bayramlar ham tashkil etiladi.

Murojaat uchun telefon: +998555141111

Instagram: @resto.tashkent

Manzil

Ribambelle

Ribambelle restorani soat 10:00 dan 23:00 gacha faoliyat olib boradi va siz bu vaqt davomida bemalol farzandlaringiz yoki jiyanlaringiz bilan bu yerga tashrif buyurishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: +998781136404

Instagram: @ribambelle.uzb

Manzil

Zinaida

Ushbu oilaviy taomlanish maskanida farzandlaringiz bolalar maydonchasida enagalar bilan oʻynashi ham mumkin.

Murojaat uchun telefon: +998918000061

Instagram: @zinaidarest.uz

Manzil

Sirali Kebap

Restoranlar haqidagi jamlanmalarda turk oshxonasi boʻlmasa, bu maqola toʻliq hisoblanmaydi. Ajoyib kokteyllari bilan maqtana oladigan Sirali Kebapʼda bolalar maydonchasi ham bor.

Murojaat uchun telefon: +998955553333

Instagram: @siralikebap.tashkent

Manzil

Benedict

08:00 dan 00:00 gacha ishlaydigan kafening Toshkentda ikkita filiali mavjud. Ular Nukus koʻchasida va Mirobod koʻchasida joylashgan. Bolalar maydonchasidan tashqari bolalar uchun menyu ham taklif etiladi.

Murojaat uchun telefon: +998338888807

Instagram: @benedict_cafe_tashkent

Nukus filiali

Mirobod filiali

Yaponamama

Toshkentdagi eng mashhur pan-osiyo oshxonalaridan biri boʻlgan Yaponamamaʼda ham bolalar maydonchasi tashkil etilgan.

Murojaat uchun telefon: +998982721213

Instagram: @yaponamam.uz

Manzil

Gohan

Tashkent City hududidagi Gohan pan-osiyo oshxonasini taklif etadigan yana bir restoran hisoblanadi. Ushbu ovqatlanish maskani bolalar maydonchasidan tashqari Wi-Fi va veganlar uchun menyuni ham taklif qiladi.

Murojaat uchun telefon: +998771312121

Instagram: @gohan_uz

Manzil

Yuqori sanab oʻtilgan barcha restoranlarda bolalar uchun oʻyin maydonlari mavjud va ular doimiy tarzda kichkintoylar uchun maxsus shoular tashkillashtirib turishadi. Barcha yangiliklardan tezda xabardor boʻlish uchun restoranlar sahifasini kuzatib borishni tavsiya qilamiz.