верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentdagi eng mazali muzqaymoq qayerda bor?
31.07.2024

Toshkentdagi eng mazali muzqaymoq qayerda bor?

Toshkentdagi eng mazali muzqaymoq qayerda bor?

Toshkentdagi eng mazali muzqaymoqlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan joylar tanlovi: bu yerda italyan jelattolari, ozish uchun foydali sorbetlar va hatto kruassan muzqaymoqlari mavjud. Qiziqtiradimi? Unday bo‘lsa, urinib ko‘ring. Qiziqtirdimi? Unday bo‘lsa, ta‘tib ko‘ring.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

O‘zbekiston poytaxti quyosh nurlari taftida erib, havo harorati o‘z rekordini o‘rnatayotgan bir paytda biz faqat bir narsani — salqinlikni xohlaymiz. Bunga erishishdagi eng arzon, muhimi mazali usullardan biri — muzqaymoq yeyish. Garchi dietologlar / nutritsiologlar buni eng foydali va yengil taom deb hisoblamasa-da, yoz to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarini buzish va sevimli shirinligingizdan zavqlanish uchun yaxshiroq vaqtdir. Qolaversa, biz Toshkentdagi eng mazali muzqaymoqni qayerdan topishni bilamiz.

Toshkentdagi eng mazali muzqaymoqlar

Giotto — Toshkent markazidagi italyan qandolatchisining haqiqiy jelattosi. Tiramisu, aperol va pechenye bilan tortilishi mumkin. Aynan Italiyadagiday.

Gia — ham klassik, ham ekzotik muzqaymoq turlarini sevuvchilar uchun. Tarvuzli ta’m tashrif buyuruvchilar orasida birinchi o'rinda turadi.

Viva Maria — Geni modifikatsiyalangan organizmdan (GMO) yiroq, shirinliklar, konservantlar, bo‘yoqlar va barcha sun’iy mahsulotlarsiz tabiiy muzqaymoq. Agar siz salomatligingizga e’tibor bersangiz ayni muddao.

Baskin-Robbins UZ — Amerikaning afsonaviy muzqaymog‘i bo‘lib, turli xil topinglar, upalar va marmeladlar bilan bezatilgan.

Ice&Gold Exclusive — Belgiya shokoladini va barcha eksklyuziv narsalarni xush ko‘ruvchilarga manzur keladi.

Puro — tabiiy mevalar va rezavorlardan tayyorlangan sorbetlar, shuningdek, turli xil mevali muzni o‘z ichiga oladi. Qomatiga e’tibor qaratuvchilar uchun mos keladi.

Dolce Italia — menyudan laktoza, shakar va glyutensiz muzqaymoq mavjud. 

Dubovoyda barcha shaharliklar va hatto sayyohlar ham eshitgan (va tatib ko‘rgan) muzqaymoq bor. Ikkinchisining ta’kidlashicha, muzqaymoq sovet va davlat standartiga asoslangan. 

Bonus: Amelie's fransuz novvoyxonasidan muzqaymoqli kruassan. 2024-yilgi yoz trendi, uni har bir shirinlikxo‘r sinab ko‘rishi kerak.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.