РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentdagi ikkita tarixiy mahallada art-rezidensiyalar ochildi
04.10.2024

Toshkentdagi ikkita tarixiy mahallada art-rezidensiyalar ochildi

Toshkentdagi ikkita tarixiy mahallada art-rezidensiyalar ochildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkentda UNESCOning Butunjahon merosi dastlabki roʻyxatiga kiritilgan tarixiy mahallalarda art-rezidensiyalar ochilganini maʼlum qildi.

“Kecha biz UNESCOning Butunjahon merosi dastlabki roʻyxatiga kiritilgan “Namuna” va “Hasti Imom” tarixiy mahallalarida art-rezidensiyalarning tantanali ochilish marosimini oʻtkazdik. Bu Toshkentning madaniy merosini asrab-avaylash va ijodiy muhitini rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadamdir”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, loyiha Oʻzbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Art-rezidensiya tajriba almashish, madaniyatlararo muloqot va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish platformasiga aylanadi.

Avvalroq Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan uchrashib, Samarqand shahridagi Bibixonim masjidini restavratsiya etish loyihasini muhokama qilgani toʻgʻrisida xabar berilgandi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.