верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi ekspluatatsiyasiga boshqaruv kompaniyasi jalb etiladi
21.09.2024

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi ekspluatatsiyasiga boshqaruv kompaniyasi jalb etiladi

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi ekspluatatsiyasiga boshqaruv kompaniyasi jalb etiladi

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasini ekspluatatsiya qilish uchun boshqaruv kompaniyasini jalb qilish koʻzda tutilgan. U sport majmualarini saqlash, ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara xizmatlarini koʻrsatish va boshqalar bilan shugʻullanadi.

image

Qanday qilib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin

icon

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot bilan tanishdi.

2025-yilda Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasida Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun poytaxtda 104 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yaqinda shaharchaga tashrifi chogʻida bu majmua mamlakat sportining ilmiy, amaliy va oʻquv-mashgʻulot markaziga aylanishi lozimligini taʼkidladi.

Osiyo oʻyinlaridan soʻng Olimpiya shaharchasi infratuzilmasidan samarali foydalanish koʻzda tutilmoqda. Buning uchun “Aqlli shahar” konsepsiyasiga asoslangan maʼmuriy boshqaruv tashkil etiladi. U sport majmualarini saqlash, jihozlar va texnik tizimlar holatini kuzatib borish, zarur hollarda taʼmirlash bilan shugʻullanadi.

Bundan tashqari, ustuvor sport turlari boʻyicha yillik reja tasdiqlanib, hududlardagi sportchilarning Olimpiya shaharchasida oʻquv-mashgʻulot oʻtkazishi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, bu tuzilmaga ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara va boshqa xizmatlarni koʻrsatish huquqi beriladi.

Bu qiziq

Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.