РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentdagi qaysi favvoralar yonida dam olish mumkin?
20.07.2024

Toshkentdagi qaysi favvoralar yonida dam olish mumkin?

Toshkentdagi qaysi favvoralar yonida dam olish mumkin?

Havo harorati kundan kunga oshib bormoqda. Bunday vaqtlarda konditsioner qarshisida boʻlishni maʼqul koʻramiz. Ammo bu usul sogʻliq uchun ziyondir. Shu sababli poytaxtda ochiq havoda salqinlanish mumkin boʻlgan manzillar roʻyxatini tuzib chiqdik.

Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri yonidagi favvora

Foto: Xabardor.uz

Ushbu favvora Toshkentdagi eng qadimiylar favvoralardan biridir. U 1947-yilda ishga tushurilgan. 2010-yilda esa favvora rekonstruksiya qilingan. Hozir u ranglar va musiqa bilan uygʻunlikda raqsga tushadigan favvora va shaharning eng gavjum dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.

Mustaqillik maydonidagi favvora

Foto: Damda.uz

Bu Oʻzbekistondagi eng yirik favvoralardan biridir. 2005-yilda u qayta tiklandi, koʻplab muhandislik ishlari amalga oshirildi, tungi yoritish tizimi qoʻshildi, shunga qaramay favvoraning asosiy tushunchasi saqlanib qolgan.

Milliy kutubxona yonidagi qoʻshaloq favvora

Foto: Caj.uz

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning ikki tomonida joylashgan qoʻshaloq favvoralar – ilk musiqali favvoralar. Ajablanarli darajada chiroyli va ajoyib boʻlgan ushbu favvoralar dizayni musiqa bilan birlashib ketadi, unga qaraganda estetik zavq olishingiz aniq.

Xalqaro biznes markazi yonidagi favvoralar kaskadi

Foto: Yandex Xarita

Xalqaro biznes markazi va Xalqaro mehmonxona yaqinidagi favvoralar kaskadi — katta va zamonaviy favvora. Turli balandlikdagi suv oqimlari — shaharning gavjum qismiga salqinlik bagʻishlaydi, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun issiqda najotga aylanadi.

Tashkent City bogʻidagi musiqali favvora

Foto: Watershowcc.com

Ushbu favvora Toshkentdagi eng katta favvora hisoblanadi. Uning uzunligi ikki yuz metrni tashkil etadi va koʻlning markazida joylashgan. Har oqshom favvorada aql bovar qilmaydigan lazer nurlari shousi, yorqin oʻzgaruvchan ranglar bilan yoritilgan ajoyib oqimli figuralar namoyon boʻladi. Favvora suvining oqimi sakson metr balandlikka koʻtariladi.

Central Park yonidagi favvora

Foto: UzNews

Hamid Olimjon maydonidan Central Parkʼga tashrif buyuruvchilarni moʻjazgina favvora kutib oladi. Roʻyxatdagi favvoralardan biroz kichik boʻlishiga qaramay bu yerda ham yoz jaziramasidan saqlanish, issiq ob-havoni chetlab oʻtish mumkin mumkin.

Magic Cityʼdagi favvora

Foto: Afisha.uz

Magic City hiyoboni ichida Toshkentdagi 8500 kvadrat metr maydonga ega eng katta musiqali favvora joylashgan. Favvora Bavariya qiroli Lyudvig IIʼning 60 metrlik qasrining chiroqlari fonida tunda ayniqsa goʻzal koʻrinadi.

Seoul Munʼdagi favvora

Foto: Yandex Xarita

Toshkentdagi eng yangi favvoralardan bir Seul Moon gastronomik koʻchasida joylashgan. Suv boʻyidagi kafelarda yoki mashinalar shovqinidan holi boʻlgan trotuarda yurar ekansiz, ajoyib musiqaga raqsga tushayotgan favvoradagi suvning guvohi boʻlasiz.

Next savdo markazidagi favvora

Foto: 1portal

Next savdo markazi hovlisida joylashgan toʻrtburchak shakldagi katta favvora issiqda ushbu savdo markaziga tashrif buyurgan har qanday odamga yoz kunlarida salqinlik baxsh etadi. Bolalarning zavqqa toʻlib, suv bilan oʻynashini tomosha qilish ham kayfiyatni koʻtaradi.

Hamid Olimjon metro bekati yonidagi favvora

Foto: Yandex Xarita

Bu yerda nafaqat salqinlik bagʻishlaydigan favvoradan, balki oʻrindiqlarga oʻtirib, muzqaymoq yeyishdan ham zavq olish mumkin. Har doim gavjum boʻladigan oʻzbek shoiri nomiga qoʻyilgan bu joy sizga yoqishi aniq.