Toshkentdagi samokatlar: qayerdan ijaraga olish, haydash kerak va narxi qanaqa? “Yandex Go” misolida ko‘rsatmalar
Toshkentda samokatlarni ijaraga olish bo‘yicha eng yaxshi xizmatlarni to‘pladik hamda narx va qo‘llanmalar haqida ma’lumot berishni ham unutmadik. Biroq dastlab O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari bilan tanishishni unutmang.
Toshkentda samokatni qayerdan ijaraga olish mumkin? Eng mashhur xizmatlar:
YOTO
Tariflar: joylashuvga qarab farqlanadi
Kicker
Tariflar: daqiqasi 790 so‘m, soati 35 000 so‘m
Sun
Tariflar: sayohatning boshlanishi 5000 so‘m, daqiqasi 600 so‘m
Jet
Tariflar: joylashuvga qarab farqlanadi
Yandex Go
Tariflar: daqiqasi 890 so‘m, 50 daqiqasi – 32 990 so‘m
Ushbu xizmat – Toshkent bozoridagi yangilik. Agar siz Yandex samokatlarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, “Yandex GO” dasturiga o‘ting (yoki o‘rnating). Bunday “sayrlar”ning dastlabki 10 daqiqasini sovg‘a sifatida bepul olasiz.
Endi Yandex misolidan foydalanib, Toshkentda samokatni qanday ijaraga olish va sayohatni boshlash/yakunlash va qanday xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerakligini tahlil qilamiz. Boshqa xizmatlarning ishlash usuli ham shunga o‘xshash.
Toshkentdagi samokatlar – qayerdan ijaraga olish va qanday foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar
- Birinchidan, samokatlarni ijaraga olish dasturini o‘rnatib, uni oching. “Yandex Go”da “samokatlar” belgisini bosing
- Xaritada samokatlarning eng yaqin to‘xtash joyini toping
- Bo‘sh samokatga yetib borib, ruldagi QR-kodini skanerlang
- Endi siz tarifni tanlashingiz va yo‘lga chiqishingiz kerak – ish, sayr yoki do‘stlar bilan uchrashuv, uyga yoki boshingiz oqqan tomonga.
Yandex samokatlari – tariflar:
- Daqiqali (shahardagi sayrlar uchun mos keladi)
- Aniq (A nuqtadan B nuqtaga)
+ imkoniyatlar “Yana bir samokat”: bitta telefondan 3 tagacha samokatni bron qilish imkoniyati
Tajribali chavandozlar uchun samokat chiptasi shaklida yoqimli taklif mavjud (barcha xizmatlarda amal qiladi). “Yandex Go”da ular bir oylik bepul chiptani taklif qilishadi (agar siz “Plyus” tarifida bo‘lsangiz) va ikkinchisi uchun to‘lov o‘z xohishingiz bo‘yicha sarflashingiz mumkin bo‘lgan ballar bilan olinadi.
Toshkentda elektr samokatni qanday haydash kerak? Qoidalar:
- Bitta samokatni – bir kishi boshqaradi. Aks holda xavfsiz emas.
- Boshingizga dubulg‘a kiying. Aks holda, bu ham xavfsiz emas (agar siz samokatdan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz, unda boshqa “himoya” vositalarini ham kiyishingizni tavsiya qilamiz – biz hazillashmayapmiz).
- Samokatni faqat hushyor holda boshqarish kerak.
- Yo‘lni piyoda kesib o‘ting. Zina va bordyurlarni ham shu tarzda piyoda o‘tganingiz ma’qul. Atrofdagi yo‘lovchilarni diqqatini tortaman deb turli havoda bajariladigan gimnastika mashg‘ulotlarini amalga oshirishga urinmang. Bu xavfsiz emas.
- Har doim piyodalarni o‘tkazib yuboring: buvilardan tortib mushuklargacha.
- Eng muhimi: samokatni faqat 18 yoshga to‘lgan bo‘lsangiz oling.
Muhim: agar samokatda sayohat paytida sog‘lig‘ingizga tahdid soladigan narsa yuz bersa, “Yandex”ga murojaat qiling. Hayot va sog‘liqni saqlash birinchi o‘rinda turadi.