Toshkentlik fuqaro “Jiguli”ni 60 ming dollardan ortiq mablagʻ sarflab tyuning qildi
Toshkentlik avtomobil ishqibozi afsonaviy “Jiguli”ga yangi hayot bagʻishlashga ahd qildi.
Loyihaga taxminan 62 ming dollar mablagʻ sarflab, u klassik dizayn va zamonaviy texnologiyalarni uygʻunlashtirgan noyob avtomobil yaratdi.
Avtomobilning saloni butunlay qayta ishlangan. Sport Audi RS7 oʻrindiqlari yuqori qulaylikni taʼminlaydi, Tiffany uslubidagi moviy rangli charm qoplama esa intererga hashamatli koʻrinish beradi.
Uskunalar panelida oddiy soat oʻrniga Rolex soati oʻrnatilgan. Klassik “kopeyka”ning kapoti ostida endi Lada Prioradan olingan 16 klapanli dvigatel joylashgan boʻlib, u yanada dinamik haydash imkonini beradi.
Yukxonada zamonaviy audio tizim oʻrnatilgan boʻlib, u yuqori sifatli musiqa ijro etishga qodir. Shuningdek, yukxonaga plazma ekran va Sony PlayStation 5 oʻyinlar konsoli ham oʻrnatilgan boʻlib, bu avtomobilni haqiqiy multimedia markaziga aylantirgan.